Kafedra mudiri
Saidov Izzatillo Istamovich Maʼlumoti: Oliy Mutaxassisligi: Jismoniy madaniyat. Sport psixologiyasi Ixtisosligi: “Jismoniy tarbiya, sport mashgʼulotlari, sogʼlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya, nazariyasi va metodikasi” Ilmiy darajasi: Pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Ilmiy unvoni: Professor Lavozimi: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi professori Oliy taʼlimdagi ish staji: 20 yil 4 oy 8 kun Umumiy ish staji: 20 yil 4 oy 8 kun Oʼqituvchi haqida maʼlumot: I. ASOSIY MA’LUMOTLAR 1. Saidov Izzatillo Istamovich 1977-yil Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug‘ilgan, millati - o‘zbek. 2. 2000-2004-yil Chaqiriqqacha harbiy ta’lim va jismoniy tarbiya yo‘nalishini (V № 015430), 2004-2006-yil sport psixologiyasi mutaxassislik (M № 022875), 2008-2011-yil 13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha to‘liq kursini tugatgan (aspirantura). 3. O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Ped.28.01 raqamli Ilmiy kengashda “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sog‘lomlashtirishning tashkiliy-uslubiy xususiyatlari” mavzusida 13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan nomzodlik dissertatsiyasini 2019-yil 4-mayda muvaffaqiyatli himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019-yil 31-mayda 265/1-sonli qaroriga muvofiq pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilgan (01 №001598). 4. Ilmiy unvonga talabgor I.I.Saidovning umumiy ish staji 20 yil, ilmiy va pedagogik ish staji 20 yil. Buxoro davlat universitetida pedagoglik ish staji 20 yil. 5. 2000-yil Buxoro davlat universiteti pedogogika va jismoniy tarbiya fakultetida grant asosida o‘qishga qabul qilinib, 2004-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 6. 2004-yil “Sport psixologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga imtiyozli qabul qilinib, 2006-yilda tugatgan. 7. 2006-yil “Jismoniy tarbiya nazariyasi asoslari va kurash” kafedrasida to‘liq hissada ishga qabul qilingan. 8. 2008-yil 15-noyabrdan “Jismoniy tarbiya nazariyasi asoslari va kurash” kafedrasida kafedra kunduzgi aspiranturaga qabul qilinib. 2011-yil 23-noyabrda tugatgan. 9. 2008-yilda pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti pedagog-xodimlar va talabalar kasaba uyushma raisi lavozimiga saylanib, 2012-yilgacha faoliyat olib borgan. 10. 2012-yildan 2016-yilgacha fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2016-yildan fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 11. 2020-yil 17-fevraldagi Buxoro davlat universiteti rektorining 214-Sh buyrug‘i bilan Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi dotsenti v.b. lavozimiga tayinlangan (№ 214-SH 17.02.2020). 12. 2021-yil 21-maydan fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari vazifasida ishlagan.(№ 679-SH 21.05.2021) 13. 2023-yil 4-sentabrdan Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.(№ 537-Sh 2.12.2023) 14. Ilmiy unvonga talabgor I.I.Saidovga 2023-2024-o‘quv yilida jami 718 soat taqsimlangan. Shundan 64 soat ma’ruza, 266 soat amaliy va seminar mashg‘uloti, 100 soat magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik ishiga rahbarlik, 160 soat malakaviy amaliyotiga rahbarlik, 128 soat reyting nazorati. .I.Saidov ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarini yuqori saviyada, davtr talabiga mos yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llab kelmoqda. “Aqliy hujum”, “Davra suhbati”, “Rolli o‘yin”, “Bahs munozara”, “Muammoli vaziyat”, “Venn diagrammasi”, “SWOT tahlili” kabi zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalanib, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Har bir mashg‘ulotga mos taqdimotlar ham tayyorlangan. I.I.Saidov 2006-yildan 2024-yilgacha bakalavr va magistratura ta’lim bosqichi talabalariga “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport”, “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti”, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”, “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi”, “Sport psixologiyasi”, “Sport bayramlarini tashkil qilish va uni o‘tkazish metodikasi”, “Davlat pedagogik amaliyoti” fanlaridan ma’ruza o‘qigan va amaliy mashg‘ulotlarni amalga oshirgan. Bu fanlarni talabalarga o‘qitishda quyidagi zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalanmoqda: "Aqliy Hujum", "Davra suhbati", "Rolli o‘yin", "Bahs-munozara", "Muammoli vaziyat", Venn diagrammasi, SWOT tahlil va boshqalar. Mazkur usullarni qo‘llash jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va multimediya ta’lim resurslarini keng qo‘llab, o‘quv mashg‘ulotlarini taqdimotlar asosida olib bormoqda. “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport”, “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti”, “Sport psixologiyasi”, “Sport bayramlarini tashkil qilish va uni o‘tkazish metodikasi” fanlaridan o‘quv-uslubiy majmua tayyorlagan va institut HEMIS platformasiga joylashtirgan (havola ilova qilinmoqda). Jumladan, ilmiy unvonga talabgor Saidov Izzatillo Istamovich Vazirlikning 2004-yil 26-martdagi 79-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida ochiq leksiyalarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining bajarilishi va ochiq leksiyalar samaradorligini oshirish to‘g‘risida Buxoro davlat universiteti rektorining ichki buyrug‘i asosida 2019-yil 15-noyabrda 2-juftlikda 5112000-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalariga “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanidan “Maktab o‘quvchilari jismoniy madaniyatining maqsad va vazifalari” mavzusida ochiq seminar-trening tashkil etdi. Mazkur seminar-trening “Oliy ta’lim muassasalarida ochiq leksiyalarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida o‘tkazildi. Seminar-treningni 1 nafar professor-o‘qituvchilar (4 ta fan nomzodi, dotsent, 4 ta katta o‘qituvchi, 6 ta o‘qituvchilar) kuzatib taklif va tavsiyalar bergan. Ochiq seminar-trening bayonnomasida ta’kidlanishicha, ilmiy unvonga talabgor I.I.Saidov seminar-trening matnini tayyorlashda yangi darslik va uslubiy qo‘llanmalardan o‘rinli foydalangan, ma’ruzani ravon nutq bilan bayon etgan, zamonaviy dars oldiga qo‘yilgan talablarni bajargan, darsning ilmiyligini ta’minlagan (15.11.2019 yildagi bayonnoma). Buxoro davlat universiteti rektorining ichki buyrug‘i asosida 2020-yil 27- yanvarda 2-juftlikda 5112000-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalariga “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” fanidan “Kichik depsinish otidan oyoqlarni bukib sakrash. Gimnastik yakka cho‘pda muvozanat saqlash mashqlarini o‘rgatish” mavzusida ochiq dars tashkil etdi. Mazkur ochiq dars “Oliy ta’lim muassasalarida ochiq leksiyalarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida o‘tkazildi. ochiq darsda 2 nafar professor-o‘qituvchilar (2 ta fan nomzodi, dotsent, 6 ta katta o‘qituvchi, 5 ta o‘qituvchilar) kuzatib taklif va tavsiyalar bergan. Ochiq dars bayonnomasida ta’kidlanishicha, ilmiy unvonga talabgor I.I.Saidov ochiq darsni yangi darslik va uslubiy qo‘llanmalardan o‘rinli foydalangan, zamonaviy dars oldiga qo‘yilgan talablarni bajargan, darsning ilmiyligini ta’minlagan (27.01.2020-yildagi bayonnoma). Buxoro davlat universiteti rektorining ichki buyrug‘i asosida Buxoro viloyat tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursida 2021-yil 21-aprel 3-juftlikda tuman va shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish mavzusida ochiq seminar-trening tashkil etdi. Mazkur seminar-trening “Oliy ta’lim muassasalarida ochiq leksiyalarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida o‘tkazildi. Ochiq seminar-trening bayonnomasida ta’kidlanishicha, ilmiy unvonga talabgor I.I.Saidov seminar-treningni tayyorlashda yangi darslik va uslubiy qo‘llanmalardan o‘rinli foydalangan, zamonaviy dars oldiga qo‘yilgan talablarni bajargan (23.04.2021-yildagi bayonnoma). Buxoro davlat universiteti rektorining ichki buyrug‘i asosida 2022-yil 16-dekabr 2-juftlikda 5210200 - Psixologiya (sport) ta’lim yo‘nalishi 7-1SP-20 guruh 2-kurs talabalariga “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” fanidan “Jismoniy sifatlarni bilish (anglash) mavzusida (seminar) ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazdi. Mazkur ochiq dars “Oliy ta’lim muassasalarida ochiq leksiyalarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida o‘tkazildi. ochiq darsda 14 nafar professor-o‘qituvchilar (3 nafar fan nomzodi, dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar o‘qituvchilar) kuzatib taklif va tavsiyalar bergan. Ochiq dars bayonnomasida ta’kidlanishicha, ilmiy unvonga talabgor I.I.Saidov ochiq darsni yangi darslik va uslubiy qo‘llanmalardan o‘rinli foydalangan, zamonaviy dars oldiga qo‘yilgan talablarni bajargan, darsning ilmiyligini ta’minlagan. Ochiq ma’ruza bayonnomasida ta’kidlanishicha, ilmiy unvonga talabgor I.I.Saidov ma’ruza matnini tayyorlashda yangi darslik va uslubiy qo‘llanmalardan o‘rinli foydalangan, ma’ruzani ravon nutq bilan bayon etgan, zamonaviy dars oldida qo‘yilgan talablarni bajargan. Dars ilmiy-metodik jihatdan yuqori saviyada o‘tilgan. (16.12.2022 yildagi bayonnoma). Buxoro davlat pedagogika instituti rektorining ichki buyrug‘i asosida 2023- yil 28-noyabr 3-juftlikda 60112200 – Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalariga “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” fanidan “Organizmning jismoniy yuklamalarga moslashib borish yo‘llari. Yuqori malakali sportchilarning farmakalogik ta’minoti” mavzusida (seminar) ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazdi. Mazkur ochiq dars “Oliy ta’lim muassasalarida ochiq leksiyalarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida o‘tkazildi. Ochiq darsda 12 nafar professor-o‘qituvchilar (4 nafar fan nomzodi, dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi, 5 nafar o‘qituvchilar) kuzatib taklif va tavsiyalar bergan. Ochiq dars bayonnomasida ta’kidlanishicha, ilmiy unvonga talabgor I.I.Saidov ochiq darsni yangi darslik va uslubiy qo‘llanmalardan o‘rinli foydalangan, zamonaviy dars oldiga qo‘yilgan talablarni bajargan, darsning ilmiyligini ta’minlagan. Ochiq dars bayonnomasida ta’kidlanishicha, ilmiy unvonga talabgor I.I.Saidov ma’ruza matnini tayyorlashda yangi darslik va uslubiy qo‘llanmalardan o‘rinli foydalangan, ma’ruzani ravon nutq bilan bayon etgan, zamonaviy dars oldida qo‘yilgan talablarni bajargan. Dars ilmiy-metodik jihatdan yuqori saviyada o‘tilgan. (28.11.2023 yildagi bayonnoma). I.I.Saidov pedagogik faoliyati davomida o‘qitadigan fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” fanidan 200 ta, “Jismoniy tarbiya va sport menejnejmenti” fanidan 200 ta, “Sport psixologiyasi” fanidan 200 ta, “Sport bayramlarini tashkil qilish va uni o‘tkazish metodikasi” fanidan 200 tadan test topshiriqlari tayyorlagan. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo‘llanma, monografiya, darsliklaridan kitob va elektron fayl shaklida axborot reserslarini taqdim qilgan. I.I.Saidovning pedagogik faoliyati institut monitoring va ichki nazorat bo‘limi tashkil etgan komissiya o‘tkazgan “O‘qituvchi – talaba nigohida” anonim so‘rovnomasida 97% ijobiy natija ko‘rsatilgan. Barcha o‘tilgan dars mashg‘ulotlarida guruh talabalarining davomati 98% ni tashkil etgan. 2022-2023, 2023-2024-o‘quv yili yakunida institut professor-o‘qituvchilari faoliyati samaradorligini baholash natijalari ro‘yxatida professor lavozimi kesimida I.I.Saidov yuqori o‘rinni olganligini qayd etish joiz. I.I.Saidov o‘z faoliyati davomida respublika, viloyat, institut, fakultet va kafedra miqyosida o‘tkaziladigan ma’rifiy-madaniy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan: I.I.Saidov Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari bilan har haftaning juma kuni birinchi juftlikda tashkil etiladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarini va har oyda bir marta o‘tkaziladigan “Ma’naviyat kuni”larini namunali tashkil etishda bevosita kafedra mudiri sifatida rahbarlik qilib kelmoqda. Fakultet talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari va Hay’at qarorlarining taalluqli bandlari hamda ular asosida institut rektorining ichki buyruqlarida qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida yetkazilishga mas’uliyat bilan yondashib kelmoqda. Ilmiy unvonga talabgor Saidov Izzatillo Istamovich “Ma’naviyat kuni”ning mazmunli va unumli o‘tishini ta’minlash maqsadida qutlug‘ (Mustaqillik bayrami, Til bayrami, Konstitutsiya qabul qilingan kun, Navro‘z) bayram sanalarda kafedra professor-o‘qituvchilari va jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan turli uchrashuvlar tashkil etgan, vazirlikning buyrug‘ida ko‘rsatilgan talabalarning ongi va qalbiga vatanparvarlik, o‘z xalqi va millatiga sadoqat, iymon, diyonat, kamtarlik, samimiyat, adolat, mehr-shafqat, e’tiqod, poklik, halollik, bag‘rikenglik, qonunga itoatkorlik, davlat tizimiga hurmat kabi ma’naviy barkamol inson fazilatlarini singdirish maqsadida Buxoro shahridagi “Ko‘hna va boqiy Buxoro” madaniy markaziga, mustaqillik yillarida ishga tushirilgan zamonaviy inshoot – Buxoro o‘lkashunoslik muzeyiga, Bahovuddin Naqshband maqbarasiga, Samoniylar bog‘iga talabalar bilan ekskursiyalar uyushtirishga rahbarlik qildi, shuningdek, 2022/2023 va 2023/2024-o‘quv yili davomida BuxDU talabalar turar joyida Vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha, axloqiy tarbiyaga oid, ijtimoiy psixologik mavzulari bo‘yicha o‘ttizdar ortiq ma’ruzalar, viloyat miqyosida 20 dan ortiq madaniy-ma’rifiy tadbirlari tashkil qilinb, yuqori saviyada o‘tkazdi. I.I.Saidov mamlakatimizda davlat dasturlarida belgilangan tadbirlar ijrosini tashkil qilish ishlarida faol ishtiroki, ilm-fan taraqqiyoti, sport va jismoniy tarbiyani yuksaltirishdagi roli va hissasini inobatga olib fakultet va universitet rahbariyati tomonidan 30 dan ortiq faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan. Bundan tashqari fan xodimlar kasaba uyushmasi Buxoro viloyat kengashi (2007-yil 20-sentabr), Buxoro viloyat hokimining (2007-yil 20-may), O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (2015-yil mart), Buxoro shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi (2017-yil 1-oktabr), Buxoro viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi (2018-yil 1-oktabr), O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro shahar kengashining (2018-yil 1-oktabr), O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (2018-yil dekabr) dagi faxriy yorlig‘lari va Nukus davlat pedagogika institutining olqishnomasi (2019-yil 10-avgust) bilan taqdirlangan. 6. I.I.Saidov institutning ilmiy, usuliy, o‘quv-tarbiyaviy hamda jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etadi. Talabalarni respublika miqyosida turli ko‘rik-tanlovlarga tayyorlab kelmoqda. 7. Ilmiy unvonga talabgor I.I.Saidov O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining (03.06.2023: №338/4) qarori bilan 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” va 13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosliklari buyicha malakaviy imtihon dasturlari va imtihon kabul kilish komissiyasi tarkibida faoliyat olib borgan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T. Yusupovning 2023-yil 5-maydagi №337/2-sonli qaroriga asosan Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi 13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisoslik bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/05.05.2013.Ped.167.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning kotibi sifatida jamoatchilik asosida faoliyat yuritgan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T. Yusupovning 2023-yil 5-maydagi №337/2-sonli qaroriga asosan Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi 13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisoslik bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/05.05.2013.Ped.167.02 raqamli ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat olib borgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi ilmiy ekspertizasiga jalb qilinuvchi mustaqil ilmiy eksperti sifatida buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan ilmiy loyihalar va oraliq/yakuniy hisobotlarni xolisona, haqqoniy, tashqi taʼsirlarsiz, ilmiy asoslangan holda ilmiy ekspertizadan oʻtkazib, ilmiy loyihalar va oraliq/yakuniy hisobotlarning darajasi jahon ilm-fani rivojlanishining asosiy yoʻnalishlariga mos ekanini tahlil qilib, ilmiy loyihalar va oraliq/yakuniy hisobotlarning belgilangan topshiriqlar va vazifalarga mosligini, buyurtmani toʻla bajarilganligini tahlil qilib, ilmiy loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida buyurtmachiga asoslangan xulosasini taqdim qilib, buyurtmachining talabidan kelib chiqib lozim darajada sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda. I.I.Saidov bugungi kunda Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirishga ham o‘z hissasini qo‘shib, tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlarini tahlil qilib taqrizchi va rasmiy opponent sifatida tadqiqod ishi muhokamalariga ishtirok etib, o‘z taqrizi asosida xulosalar berib kelmoqda. I.I.Saidov o‘z mutaxassisligi yo‘nalishida tajribali va malakali mutaxassis hisoblanadi. U falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishlariga rasmiy opponentlik qilgan, avtoreferatlarga taqrizlar yozgan, professor o‘qituvchilarning darslik, o‘quv metodik qo‘llanmalari, monografiyalariga taqrizlar yozgan. Jumladan, O‘DJTvaSU mustaqil izlanuvchisi Mirjalol Norpo‘latovichning “Kurashchilarni texnik harakatlarga o‘rgatishda klaster uslubidan foydalanishni takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga rasmiy taqrizchi; O‘DJTvaSU mustaqil izlanuvchisi Sherzod Abduraxmonovich tomonidan “Tayanch-harakat apparati shikastlangan yuqori malakali uloqtiruvchilarning sport mashg‘ulotlarini optimallashtirish” 13.00.04 –Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga rasmiy taqrizchi; O‘DJTvaSU mustaqil izlanuvchisi Umid Abduhamidovich tomonidan “O‘smir dzyudochi qizlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish” mavzu bo‘yicha 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga rasmiy taqrizchi; Tadqiqotchi Muxitdinova Nigora Mexriddinovnaning “Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy mashqlar yordamida intellektual rivojlantirish mexanizmlari” mavzusidagi 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasiga taqriz bergan. O‘DJTvaSU mustaqil izlanuvchisi Gulsara Xasanovnaning “13-15 yoshli maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.04 - “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga rasmiy taqrizchi; Buxoro davlat universiteti “Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.M. Akramovanning “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasiga taqrizchi; Buxoro davlat universiteti “Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Qo’ziyeva Feruza Ismoilovna “Jismоniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmasiga taqrizchi; Buxoro davlat pedagogika instituti “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi o‘qituvchisi N.Azimovning Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasiga taqrizchi; Buxoro davlat pedagogika instituti “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi dotsenti A.R.Nurullayevning 60111900-Maktabgacha va boshlang‘inch ta’limda jismoniy tarbiya va sport ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Sport o‘yinlarini o‘qitish metodikasi (basketbol)” nomli darsligiga taqrizchi; Buxoro davlat pedagogika instituti “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi dotsenti A.Ibragimovning Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Sport mahoratini oshirish” nomli darsligiga taqrizchi; Buxoro davlat pedagogika instituti “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi dotsenti A.K.Ibragimovning 60112200-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Bolalar va o‘smirlar sport maktabining boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida chidamlilikni tarbiyalash metodikasi” mavzusidagi monografiyasiga taqrizchi sifatida o‘z fikr va mulohazalarini berib kelgan. I.I.Saidov o‘quv, o‘quv-usuliy, ilmiy, ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etish bilan birga jamoat ishlarida ham tashkilotchi pedagog-xodimlardan biri hisoblanadi. Pedagogik amaliyotda foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar: 1. I.I.Saidov. Sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi. Darslik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-may 232-sonli buyrug‘iga asosan. (ISBN-978-9910-04-076-4). – Toshken: “ITA-Press”. 2023-yil 9 b.t. 2. I.I.Saidov. Sport bayramlari. Darslik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-mart 55-sonli buyrug‘iga asosan. (ISBN-978-9910-04-076-4). – Toshken: “ITA-Press”. 2024 y. 8 b.t. Pedagogik amaliyotda foydalanishga tavsiya etilgan monografiya va o‘quv qo‘llanmalar: 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sog‘lomlashtirish metodikasi (Monografiya). Toshkent: ilmiy-texnika axboroti – press nashriyoti, 2020. – 120 bet. 2. I.I.Saidov. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti (O‘quv qo‘llanma) “ITA-Press” nashriyoti/ Toshkent – 2021. – 208 bet. 3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (O‘quv qo‘llanma) “ITA-Press” nashriyoti/ Toshkent – 2024. – 132 bet. Pedagogik amaliyotda foydalanishga tavsiya etilgan Intelektual mulk agentligi hujjatlari: 1. I.I.Saidov. “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi. Toshkent. 2020 y. (Elekton darslik) № DGU 08015. 143mb 2. I.I.Saidov. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sog‘lomlashtirish metodikasi”. O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi. Toshkent. 2023 y. (Elekton darslik) № DGU 26082. 128 mb Ilmiy-uslubiy jurnallarda chop etilgan maqolalar: 1. I.I.Saidov. Management of system of preparation of high qualification wrestlers with use innovative pedagogical technologies. Advanced Sciense and technollogy. International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 29, No. 11s, (2020), pp. 1962-1965. 2. I.I.Saidov. O‘z-o‘zini jismoniy tarbiyalash, o‘quvchilar salomatligini mustahkamlab, ularni jismoniy rivojlantirish. Ta’lim transformatsiyasi ilmiy-metodik jurnal. Бухоро ш. 2023 y. №3. 152-156 bet. 3. I.I.Saidov. Methodology of Organizing and Holding Sports and Wellness Events. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 4 | Issue 4 | Apr -2024 ISSN: 2795 – 8612 145-148-b. 4. I.I.Saidov. Scientific-pedagogical basis of forming a healthy lifestyle in students by providing general school physical education classes. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 4 | Issue 4 | Apr - 2024 ISSN: 2795 – 8612 149-152-bet 5. I.I.Saidov. O‘z-o‘zini jismoniy tarbiyalash orqali o‘quvchilar salomatligini mustahkamlab, ularni har tomonlama jismoniy rivojlantirish. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. xalqaro ilmiymetodik jurnal. Бухоро ш. 2024 год № 1. 220-222-bet. 6. I.I.Saidov. Innovative technologies aimed at maintaining and strengthening the health of students of general education schools. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (IJNRAS) Volume: 02 Issue: 03 | 2023 ISSN: 2751-756X 109-114-bet. 7. Jismoniy tarbiya darslarida tabaqali-individual yondashish” (12-13 yoshli o‘quvchilar misolida) Jismoniy madaniyat va sport: ta’lim dasturlarini takomillashtirish, muammolar va yechimlar. Buxoro-2023 yil 1-2 may 16-18-bet 8.Oʼquvchilarda jismoniy harakat, malaka va koʼnikmalarni shakllantirish bosqichlari va ularga qoʼyiladigan talablar. Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar Respublika miqiyosidagi ilmiy anjuman 2023 yil 22-noyabr 350-355-bet 9. Qisqa masofaga yugurish texnikasini o‘rgatish uslubiyati. "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali. 2024-yil Ilmiy to‘plamlarda chop etilgan tezislar: 1. I.I.Saidov. Формирование здорового образа жизни в современном образовательном пространстве. Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar. Xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman. Бухоро-2022 yil 28-29 aprel Б.209-212 с. 2. I.I.Saidov. 5-6 sinf o‘quvchilarini jismoniy sifatlarini rivojlantirish (Chidamlilik misolida). Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar. Xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman. Бухоро-2022 yil 28-29 aprel Б.209-212 с. 3. I.I.Saidov. Ўқувчилар соғлиғини мустаҳкамлаб, уларни ҳар томонлама жисмоний ривожлантиришда ўз-ўзини жисмоний тарбиялашнинг роли. Миллий спорт турлари, этноспорт ва унинг назарий-амалий муаммолари халқаро илмий-амалий анжуман (педагогика фанлари доктори, профессор Усмонхўжаев Талъат Саидовичнинг 90 йиллигига бағишланади) Чирчиқ. 2022 йил 17 сентябрь. Б.249-253. 4. I.I.Saidov. Jismoniy tarbiya darslarida tabaqali-individual yondashish” (12-13 yoshli o‘quvchilar misolida). Jismoniy madaniyat va sport: ta’lim dasturlarini takomillashtirish, muammolar va yechimlar. Buxoro-2023 yil 1-2 may 16-18-bet. 5. I.I.Saidov. O‘z-o‘zini jismoniy tarbiyalash orqali jismoniy rivojlansh. Jismoniy madaniyat va sport: ta’lim dasturlarini takomillashtirish, muammolar va yechimlar. Buxoro-2023 yil 1-2 may 386-389-bet. 6. I.I.Saidov. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy tarbiya darsini samaradorligini oshirish. Jismoniy madaniyat va sport: ta’lim dasturlarini takomillashtirish, muammolar va yechimlar. Buxoro-2023 yil 1-2 may 386-389-bet. 7. I.I.Saidov. 1-4 sinf o‘quvchilariga jismoniy tarbiya darslarida tabaqali-individual yondashish. Jismoniy madaniyat va sport: ta’lim dasturlarini takomillashtirish, muammolar va yechimlar. Buxoro-2023 yil 1-2 may 135-137-bet. 8. I.I.Saidov. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga sog‘lomlashtirishning tashkiliy-uslubiy xususiyatlariga asoslangan uslubiyatni shakllantirish. Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar Respublika miqiyosidagi ilmiy anjuman 2023 yil 22-noyabr 30-34-bet. 9. I.I.Saidov. Oʼquvchilarda jismoniy harakat, malaka va koʼnikmalarni shakllantirish bosqichlari va ularga qoʼyiladigan talablar. Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar Respublika miqiyosidagi ilmiy anjuman 2023 yil 22-noyabr 350-355-bet. 10. Jismoniy tarbiya darslarida tabaqali-individual yondashish” (12-13 yoshli o‘quvchilar misolida) Jismoniy madaniyat va sport: ta’lim dasturlarini takomillashtirish, muammolar va yechimlar Respublika miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman . Buxoro-2023 yil 1-2 may 16-18-bet. 11. O‘Z-O‘ZINI JISMONIY TARBIYALASH ORQALI O‘QUVCHILAR SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLAB, ULARNI HAR TOMONLAMA JISMONIY RIVOJLANTIRISH. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2024 yil № 1) 220-223 12. YOSHLARDA JISMONIY HARAKAT, MALAKA VA KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI VA TALABLAR. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5 429-438 13. Methodology of Organizing and Holding Sports and Wellness Events. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 4 | Issue 4 | Apr -2024 ISSN: 2795 - 8612. 145-148-betlar. 14. Scientific-Pedagogical Basis of Forming a Healthy Lifestyle in Students by Providing General School Physical Education Classes. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 4 | Issue 4 | Apr -2024 ISSN: 2795 - 8612. 149-152-betlar. 15. ТЕОРИЯ И МЕТОДИКА ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ И СПОРТИВНОЙ ТРЕНИРОВКИ СПОРТСМЕНОВ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ. PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2025-yil, 3-son 101-105-belar 16. THEORY AND METHODOLOGY OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS TRAINING. PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2025-yil, 3-son 117-121- betlar 17. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИКИ УКРЕПЛЕНИЯ ЗДОРОВЬЯ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ ИНДИВИДУАЛИЗAЦИЮ И ИННОВATSIОННЫЕ ПОДХОДЫ В ФИЗИЧЕСКОМ ВОСПИТАНИИ В УСЛОВИЯХ ВУЗА. PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2025-yil, 3-son 127-131-betlar
None
Jismoniy tarbiya, sport mashgʼulotlari, sogʼlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya, nazariyasi va metodikasi
Malaka oshirish: 1) Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi JM “Sport faoliyati” boʼyicha malaka oshirdi. 2013yil noyabrь, MO № 176256, Qayd raqami-9. 2) Oliy va oʼrta maxsus, kasb – hunar taʼlimini rivojlantirish Markazida 2014 yil fevralь, MO № 186674, Qayd raqami-0748. 3) “Maʼnaviyat targʼibotchisi” nodavlat taʼlim muassasasida 2014 yil sentyabrь maʼnaviyat yoʼnalishi boʼyicha maxsus kursni tugatgan, №001102 4) “Maʼnaviyat targʼibotchisi” taʼlim muassasasida maʼnaviy-maʼrifiy yoʼnalish boʼyicha maxsus kursni tugatgan, 2017 yil mart, №000742, №MO0379-05. 5) Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi markaz “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” qayta tayyorlash kursini boʼyicha malaka oshirdi. 2016 yil oktyabrь, noyabrь, MА № 005662, Qayd raqami-9. 6)OʼzResJTSU huzuridagi PKQT va ularning MO mintaqaviy markazida 288 soatga moʼljallangan jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yoʼnalishi qayta tayyorlash kursini tugatgan. 2020 yil may, iyunь (Malaka attestati MА №029921). 7)Bosh ilmiy-metodik markazda PKQT va ularning MO markazida 288 soatga moʼljallangan “Talim tizimi va menejmenti” yoʼnalishi qayta tayyorlash kursini tugatgan. 2021 yilning iyunь-iyul (Malaka attestati MА №036004). 8) BuxDU huzuridagi PKQT va ularning MO mintaqaviy markazida 288 soatga mo'ljallangan "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat" yo'nalishi tayyorlash kursini tugatgan. 2024 yilning fevral (Malaka attestati MА №052067).
yo'q
Dars oʼtadigan fanlari: • Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi; • Gimnastika va uni oʼqitish metodikasi; • Sport psixologiyasi; • Sport bayramlarini tashkil qilish va uni oʼtkazish metodikasi; • Malakaviy amaliyot; • Davlat pedagogik amaliyoti.
| T/r | Jurnal nomi | Maqola mavzusi | Yil | Ko'rish |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Ta’lim transformatsiyasi ilmiy-metodik jurnal. Бухоро ш. 2023 y. №3. 152-156-bet. | O‘z-o‘zini jismoniy tarbiyalash, o‘quvchilar salomatligini mustahkamlab, ularni jismoniy rivojlantirish | 2024 | Ko'rish |
| 2 | European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 4 | Issue 4 | Apr -2024 ISSN: 2795 – 8612 145-148-b | Methodology of Organizing and Holding Sports and Wellness Events | 2024 | Ko'rish |
| 3 | European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 4 | Issue 4 | Apr - 2024 ISSN: 2795 – 8612 149-152-bet | Scientific-pedagogical basis of forming a healthy lifestyle in students by providing general school physical education classes | 2024 | Ko'rish |
| 4 | Педагогик маҳорат: Бухоро ш. № 2. 2010. 27-31 б. | Маҳаллада кичик синф ёшидаги болаларни жисмоний тарбиялаш ва соғломлаштириш | 2024 | Ko'rish |
| 5 | Вестник спортивной науки: г.Москва. № 6. 2010. 63-66 с. | Формирование здорового образа жизни в процессе физического воспитания учащейся молодежи | 2024 | Ko'rish |
| 6 | Фан-Спортга: г. Ташкент. № 3. 2010. 25-30 с | Формирование здорового образа жизни и слагаемые здоровья | 2024 | Ko'rish |
| 7 | Pedagogik mahorat: Buxoro ш. № 1. 2014. 89-94 б. | Мактабгача ва бошланғич таълимда жисмоний тарбия дарсларини соғломлаштиришга йўналтириш методлари | 2024 | Ko'rish |
| 8 | Pedagogik mahorat: Buxoro ш. № 4. 2018. 324-326 б. | Ўқувчиларнинг соғлиғини мустаҳкамлаш ва жисмоний ривожлантиришда ўзини-ўзи тарбиялашнинг аҳамияти | 2024 | Ko'rish |
| 9 | Buxoro davlat universiteti. Ilmiy axboroti: Бухоро ш. № 3. 2016. 213-218 б | Мактабгача ва бошланғич таълимда жисмоний тарбия дарсларини соғломлаштиришга йўналтириш методикаси | 2024 | Ko'rish |
| 10 | Молодой учёный: г. Чита. № 9. 2010. 312-315 с. | Здоровьесберегающие технологии в процессе физического воспитания учащейся молодежи. | 2024 | Ko'rish |
| 11 | Фан-Спортга: г. Ташкент. № 4. 2016. 6-11 с. | Оптимизация процесса физического воспитания школьников на основе использования оздоровительных технологий | 2024 | Ko'rish |
| 12 | Бошланғич таълим асослари ва усулиёти. (Илмий-методик мақолалар тўплами). Тошкент ш. 2016. 447-449 б. | Sog’lomlashtirishga qaratilgan pedagogikada pedagogning o’rni | 2024 | Ko'rish |
| 13 | Buxoro davlat universiteti. Ilmiy axboroti: Бухоро ш. № 3. 2017. 184-187 с. | Формирование здорового образа жизни в современном образовательном пространстве | 2024 | Ko'rish |
| 14 | Педагогическое образование и наука. Научно-методический журнал. Международная академия наук педагогического Образования (МАНПО) Москва.2019 .№6. 140-144 с. | Формирование здорового образа жизни в современном образовательном пространстве | 2024 | Ko'rish |
| 15 | O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligining ilmiy-metodik jurnali. Тошкент-2020 йил .№3. 49-52 с | Boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish metodikasi | 2024 | Ko'rish |
| 16 | Advanced Sciense and technollogy. International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 29, No. 11s, (2020), pp. 1962-1965 | Management of system of preparation of high qualification wrestlers with use innovative pedagogical technologies | 2024 | Ko'rish |
| 17 | Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. Xalqaro ilmiy metodik jurnal. Бухоро ш. 2024 год № 1. 220-222-bet. | O‘z-o‘zini jismoniy tarbiyalash orqali o‘quvchilar salomatligini mustahkamlab, ularni har tomonlama jismoniy rivojlantirish | 2024 | Ko'rish |
| 18 | Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (IJNRAS) Volume: 02 Issue: 03 | 2023 ISSN: 2751-756X 109-114-bet | Innovative technologies aimed at maintaining and strengthening the health of students of general education schools | 2024 | Ko'rish |
| 19 | NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal | Yoshlarda jismoniy harakat, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish bosqichlari va talablar | 2024 | Ko'rish |
| 20 | "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali. 2024-yil. | Qisqa masofaga yugurish texnikasini o‘rgatish uslubiyati | 2024 | Ko'rish |
| T/r | Loyiha nomi | Ko'rish |
|---|
| T/r | Mavzu | Ko'rish |
|---|---|---|
| 1 | Бошланғич синф ўқувчиларини жисмоний тарбия машғулотларида соғломлаштириш технологиялари (Ўқув қўлланма) | Ko'rish |
| 2 | Бошланғич синф ўқувчиларини жисмоний тарбия жараёнида саломатлигини сақлаш ва мустаҳкамлаш услубияти (Услубий қўлланма) | Ko'rish |
| 3 | Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti (O’quv qo’llanma) | Ko'rish |
| 4 | Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (O’quv qo’llanma) | Ko'rish |
| T/r | Mavzu | Ko'rish |
|---|---|---|
| 1 | Бошланғич синф ўқувчиларини жисмоний тарбия машғулотларида соғломлаштириш методикаси (Монография | Ko'rish |