Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Joriy yilning 26-27-may kunlari Yevropa Ittifoqining Erasmus dasturi EMPOWER (Xotin-qizlarni tadbirkorlikka tayyorlash) loyihasi doirasida navbatdagi koordinatorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Event Image

    Loyihaning 4 bosqichi sifatida belgilangan ushbu uchrashuv Namangan davlat chet tillar institutida tashkil etilib, loyiha doirasida hozirgacha amalga oshirilgan ishlar, ularning natijalari va istiqbolda qilinishi shart qilib belgilangan vazifalar, tinglovchilarni tanlash, ularda tadbirkorlik asoslari bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish darslarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Loyihaning bosh koordinatori Abuova Janar hamda lohida xorijiy expert sifatida tayinlangan Gerard Gullen sifat masalasida atroflicha to‘xtalishdi.

    Loyihada a’zo sifatida ishtirok etayotgan Buxoro davlat pedagogika institutidan tashrif buyurgan Sanjar Kurbanov loyihaning targ‘iboti bo‘yicha institutda amalga oshirilayotgan tadbirlarni misollar asosida taqdimot qildi. Uchrashuv so‘ngida loyiha a’zolari loyiha doirasida belgilangan vazifalarning tugatilish muddatlariga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.