Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti va Buxoro davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Event Image

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktorining o‘rinbosari  Maqsud Asadov, Qo‘qon davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori  Zebo Qobilova, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimlari Zulayho Rahmonova va  Shahnoza Rahmonovalar Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov bilan uchrashishdi. 
Qizgʻin suhbat doirasida oliygohlar oʻrtasidagi hamkorlik masalalarini rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning birgalikda darslik, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy maqolalarni nashr qilishlari kabi masalalar muhokama qilinib, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti va Buxoro davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.