Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Xalqaro hamkorlikda o‘tkazilgan namunali dars mashg‘ulotlari
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutining Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi hamkorligida yozgi maktab doirasida xorijiy tajribaga asoslangan dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Darslar Germaniyaning nufuzli Yohannes Guttenberg nomidagi Maynts universiteti (Xalqaro QS reytingida 464-o‘rinda) professori Julian David Rentzsch va chet ellik mutaxassis Petr Kucera tomonidan olib borildi.

📘 Mashg‘ulotlar:
 • Xorijiy til va adabiyoti,
 • Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tashkil etildi.

Ushbu tashabbus talabalarda:
✅ o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirdi,
✅ innovatsion yondashuvga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirdi,
✅ xorijiy tajriba bilan bevosita tanishish imkonini berdi.